“Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishlari tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida fakultetlar o‘rtasida “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishlari tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbirda talabalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida qisqa sahna ko‘rinishlar hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishdi.
Natijalar:
🥇1-o'rin – Iqtisodiyot fakulteti;
🥈2-o'rin – Servis fakulteti;
🥉3-o'rin – Bank-moliya xizmatlari fakulteti;
🥉3-o'rin – Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Oʼzbekcha
English
русский