FAKULTETDA 2024-2025 OʻQUV YILI BITIRUVCHILARINING ISHGA JOYLASHISH MONITORINGI OʻTKAZILDI
Joriy yilning 21-noyabr kuni Samarqand Iqtisodiyot va servis institut Iqtisodiyot fakultetida 2024-2025 o'quv yili bitiruvchilarining ishga joylashishi bo'yicha MONITORING o'tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani Sh. Islomov, dekan o'rinbosarlari, bitiruvchi bosqich talabalariga mas'ul kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Ishsiz bitiruvchilar bilan manzilli ishlashni davom ettirish to'g'risida va bitiruvchilar ish bilan ta'minlanganlik darajasini, bandligini oshirish bo'yicha qo'shimcha topshiriq va choralar belgilab berildi.
Oʼzbekcha
English
русский