Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti 1-bosqich talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Yoshlar kreativ bog'iga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar bog' hududida sayr qilib, tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqardilar. Shuningdek, samimiy suhbatlar, qiziqarli jamoaviy mashg'ulotlar va turli tadbirlar tashkil etildi. Mazkur sayohat talabalar uchun o'zaro yaqindan tanishish, do'stona munosabatlarni mustahkamlash hamda talabalik hayotining ilk kunlarini mazmunli o'tkazish imkonini berdi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский