Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
#SamISI95 #Fan_olimpiadasi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida iqtidorli talabalar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida “Iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili” fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📅 Sana: 2026-yil 6-mart
🕘 Vaqt: 09:30
Olimpiadada mazkur fanga qiziquvchi barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar respublika bosqichiga saralab olinadi.
📌 Olimpiada talabalarning bilim va tahliliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli talabalarni aniqlash hamda ularni keyingi bosqichga tayyorlashga xizmat qiladi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский