Iqtisodiyot fakultetida “Ekologiya va tabiatni asrash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Mazkur tadbirda fakultet tyutori S.M. Temirova tomonidan talaba-yoshlarga atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari, bugungi kunda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida barqaror rivojlanish tamoyillari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda yoshlarning ushbu jarayondagi o'rni va mas'uliyati alohida ta'kidlandi.
Oʼzbekcha
English
русский