uz en ru
Talabalar bilan ishlash monitoringi ro'yxatiga qaytish
13 2 daqiqa o'qish

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI TALABALAR BILAN ISHLASH TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA REGISTRATOR OFISI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN MONITORING MA’LUMOTNOMASI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI TALABALAR BILAN ISHLASH TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA REGISTRATOR OFISI TOMONI...
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2024-2025 o'quv yilida talabalarni ta'lim jarayonida qo'llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o'rganish hamda talabalarga maslahat berish xizmatlarining samaradorligini aniqlash maqsadida Registrator ofisi tomonidan monitoring ishlari olib borildi.

Monitoring davomida talabalarning ta'lim jarayoni bilan bog'liq murojaatlari, ularga berilayotgan maslahat va tushuntirishlarning mazmuni, murojaatlarni ko'rib chiqish tezkorligi hamda talabalarni tegishli masalalar bo'yicha yo'naltirish holatiga e'tibor qaratildi.

2024-2025 o'quv yilida Registrator ofisiga murojaat qilgan talabalarga o'quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o'zlashtirish, akademik qarzdorlik, qayta o'qish, yakuniy nazoratlar, ta'lim shakli, akademik ma'lumotnomalar, o'qishni ko'chirish va qayta tiklash, ta'lim jarayoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda boshqa masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berildi.

Talabalar murojaatlari mazmuniga qarab, ularga zarur ma'lumotlar sodda va tushunarli shaklda yetkazildi. Agar murojaat Registrator ofisi vakolatiga kirmaydigan masala bilan bog'liq bo'lsa, talaba masalani ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan tegishli fakultet, kafedra yoki boshqa tarkibiy bo'linmaga yo'naltirildi.

Monitoring jarayonida talabalar tomonidan ko'p uchraydigan savollar va muammolar ham o'rganildi. Aniqlangan murojaatlar asosida talabalarga ta'lim jarayonidagi mavjud tartib-qoidalarni tushuntirish, hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirish va tegishli xizmatlardan foydalanish tartibi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berib borildi.

Registrator ofisi tomonidan talabalar bilan muloqot qilishda murojaatlarni imkon qadar tezkor ko'rib chiqish, talabaga aniq javob berish va muammoni hal qilishning amaliy yo'lini ko'rsatishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa talabalarning ta'lim jarayoni bilan bog'liq masalalarni o'z vaqtida hal etishiga ko'maklashdi.

Talabalar bilan ishlash tizimining samaradorligini baholash jarayonida talabalarning murojaatlari bo'yicha berilgan tushuntirishlarning mazmuni, murojaatlarning hal etilish holati va talabalar bilan qayta muloqot qilish zarurati o'rganildi. Monitoring natijalariga ko'ra, maslahat xizmatlarida asosiy e'tibor talabaga zarur va tushunarli ma'lumotni o'z vaqtida yetkazishga qaratilgani aniqlandi.

Talabalar bilan ishlash tizimidan qoniqish darajasini o'rganish jarayonida ularning murojaatlari va fikr-mulohazalariga e'tibor berildi. Talabalar tomonidan bildirilgan savol, taklif va murojaatlar talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish uchun muhim manba sifatida ko'rib chiqildi.

Monitoring natijasida talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha quyidagi yo'nalishlarga e'tibor qaratish zarurligi belgilandi:

-   talabalarga ta'lim jarayoniga oid ma'lumotlarni sodda va tushunarli shaklda yetkazib borish;

-   talabalar murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish;

-   murojaatlarni tegishli tarkibiy bo'linmalarga tezkor yo'naltirish;

-   akademik qarzdorlik va boshqa o'quv jarayoniga oid masalalar bo'yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish;

-   talabalar tomonidan ko'p beriladigan savollar bo'yicha qisqa tushuntirish materiallarini tayyorlash;

-   talabalar bilan ishlash tizimidan qoniqish darajasini muntazam o'rganib borish;

-   murojaatlar mazmunini tahlil qilib, takroriy muammolarni kamaytirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish.