Insoniyat o'lim va kasallikning bir qancha asosiy sabablariga qarshi
kurashda katta yutuqlarga erishdi. O'rtacha umr ko'rish keskin uzaydi,
go'daklar va onalar o'limi ko'rsatkichlari pasaydi, OIV bilan bog'liq vaziyat
o'zgardi, bezgakdan o'lim ikki baravar kamaydi.
Barqaror rivojlanish uchun salomatlik muhim ahamiyatga ega va 2030
yilgacha bo’lgan kun tartibi ushbu ikki omilning murakkabligi va o‘zaro
bog‘liqligini aks ettiradi. Unda o‘sib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy
tengsizliklar, jadal urbanizatsiya, iqlim va atrof-muhitga tahdidlar, OIV va
boshqa yuqumli kasalliklarning davom etayotgan yuki, shuningdek, yuqumli
bo‘lmagan kasalliklar kabi paydo bo‘layotgan muammolar hisobga olinadi.
Sog'liqni saqlash xizmatlarining umumjahon qamrovi BRM 3 - qashshoqlikka barham
berish va tengsizlikni kamaytirishga erishishning ajralmas qismi hisoblanadi.
BRMga kiritilmagan yangi global sog'liqni saqlash prioritetlari, shu jumladan
mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik ham chora ko'rishni talab qiladi.
Biroq, jahon sog'liqni saqlash bilan bog'liq BRMga erishish yo'lidan chiqib ketdi. Taraqqiyot mamlakatlar o'rtasida ham, ularning ichida ham nomutanosib bo'ldi. O'rtacha umr ko'rish davomiyligi eng qisqa va eng uzoq bo'lgan mamlakatlar o'rtasida 31 yillik farq bor. Ba'zi mamlakatlar muhim yutuqlarga erishgan bo'lsa-da, ko'pchililarik ortda qolmoqda. Ko'p tarmoqli, haq-huquqlarga asoslangan va genderni hisobga oluvchi yondashuvlar tengsizlikni bartaraf etish va barcha uchun mustahkam sog'likka erishishda muhim ahamiyatga ega.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
professor-o‘qituvchilar, talabalar va xodimlar salomatligini ta’minlash
maqsadida viloyatdagi sog'likni saqlash tashkilot va muassasalari bilan
hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.
1. Jumladan Samarqand iqtisodiyot va servis
institutida 2023-yilda OITS va giyohvandlikka qarshi kurashishga oid “Biz
yoshlar OITSga qarshimiz”, "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzularida
25 ta tadbirlar o'tkazildi. "Men
donarman" aksiyasi doirasida 100 dan ziyod institut professor-o'qituvchilari,
xodimlari va talabalari ishtirok etib, qonga muhtoj bemorlarga beminnat yordam
berishdi.
2.
Joriy yilda institutda 11 nafar malakali tibbiy xodimlar ishtirokida
professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar uchun chuqurlashtirilgan
bepul tibbiy ko'rik tashkil etildi.
3.
Talabalar turar joyida "Street workout" klubi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur klubda talabalar uchun sport mashg'ulotlari o'tkaziladi.
4.
Talabalar o'rtasida sportni hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida
"Sportchilar va talabalar" uchrashuvlari tashkil etiladi.
Uchrashuvlarga dunyo arenalarida muvafaqqiyat qozongan, chempionlik unvonlariga
sazovor bo'lgan sportchilar taklif etiladi.
5.
Institut jamoasi Samarqand viloyatida tashkil etilgan, sport va salomatlik
targ'ib etilgan yurish va yugurish marofonlarida faol ishtirok etadi.
6.
Toza havo inson organizmi uchun juda muhim hisoblanadi. Buning uchun esa bizga
daraxtlar yordam beradi. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida
"Yashil makon" loyihasi doirasida 1000 dan ziyoda ko'chatlar ekilgan.
Bundan tashqari institut hududidagi daraxtlar har bir xodimga biriktirilgan
bo'lib, barcha o'z daraxtini alohida parvarish qiladi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский