Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida tillar o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Buyuk sarkarda va shoir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga bag‘ishlandi.
Davra suhbati davomida Boburning murakkab va sermazmun hayot yo‘li, boy adabiy merosi, ruboiy hamda g‘azallarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan shoirning ruboiy va g‘azallari adabiy tahlil qilinib, ularning badiiyati, obrazlar tizimi va falsafiy qarashlari keng muhokama etildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский