"Iqtisodiyot" fakulteti talabalari o'rtasida sportning shaxmat hamda stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

2023-01-30 690
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
"Iqtisodiyot" fakulteti talabalari o'rtasida sportning shaxmat hamda stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi — “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish” borasida turli sport musobaqalar o'tkazilinib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 30-yanvar kuni "Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari G. Xamidova,  Sh.Urazov va “Jismoniy madaniyat’ kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o'tkazildi. Unda "Iqtisodiyot" fakulteti talabalari ishtirok etishdi.