Самаркандский институт экономики и сервиса
Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi hamda xorijiy tillarni o‘qitish kafedrasi hamkorligida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid g‘azal va ruboiylar ijro etildi, sahnaviy chiqishlar namoyish qilindi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir yoshlarning adabiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy ma’naviyat va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский