• 3
  • 2016
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931 yilning fevralida Toshkentda «O‘rta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan...
  • Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yilga mamlakatimizda "Sog'lom ona va bola yili" deb nom berildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo’lmay o’sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.
  • banner5 
  • SamISI jamoasi institutda faoliyat olib borayotgan jamiki hamkasblarimizni yasharish va yangilanish ayyomi NAVRO‘ZI OLAM bayrami bilan samimiy qutlaydi.     

Institut haqida


     Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931 yilning fevralida   Toshkentda «O‘rta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan.    1935 yil aprel oyida mazkur institut O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi ixtiyoriga o`tkazildi va unga «O`zbekiston Rejalashtirish instituti» deb nom berildi. 1935 yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga ko`chirildi.

E'LON   

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi bir martalik Ilmiy kengashda B.Sh. Safarovning iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi tashkil etilayotgani ma’lum qilinadi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2016 YIL 2-IYUNDAGI PQ-2540-SONLI QARORI INSTITUT JAMOASIGA YETKAZILDI  

Joriy yilning 15 iyunida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida institut prorektorlari, fakultet dekanlari va o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, xodimlar hamda institutning barcha professor-o‘qituvchilariishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi PQ-2540-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

O'ZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOV 2016/2017 O'QUV YILIDA RESPUBLIKANING OLIY  TA'LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA QABUL QILISH TO'G'RISIDAGI QARORNI IMZOLADI 

Hujjatda 2016/2017 o`quv yili uchun qabul kvotalari belgilangan bo`lib, ular o`tgan yildagi kvotalardan farq qilmaydi: bakalavrlar — 57907 nafar talaba (davlat grantlari bo`yicha — 19120, to`lov-kontrakt asosida — 38787), magistrlar — 5000 nafar (grantlar bo`yicha — 1548, kontrakt asosida — 3452).

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo`ng`irot bo`limining maxsus sirtqi bo`limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo`yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo`limida — 50 nafar (grantlar bo`yicha — 15 nafar, kontrakt asosida — 35 nafar) talaba qabul qilinadi.

JAHONGIR BRONZA MEDALI SOVRINDORI !  

           Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etib kelinayotgan “Universiada” sport musobaqalarida har yili Samarqandlik sportchi talaba-yoshlar munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Joriy yilda Farg’ona shahrida o’tkazilgan “Universiada-2016” musobaqalarida boks sport turi bo’yicha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Servis va turizm” fakulteti talabasi Xaydarov Jahongir Raxmonovich faxrli uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi hamda bronza medal va diplom bilan taqdirlandi.

 "UNIVERSIADA-2016" SOVRINDORLARI !  

universiada2016

Farg‘onada talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Universiada-2016” sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagan Samarqand viloyati jamoasi tantanali ravishda kutib olindi.

Samarqand xalqaro aeroportida musobaqa ishtirokchilarini “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarida ishtirok etgan minglab yoshlar, sovrindorlarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari munosib qarshi oldilar.

SAMISI JAMOASI "KITOB BAYRAMIDA" 

Viloyatimiz aholisining, shuningdek, talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o’rni va ahamiyati juda kattadir.

Aholi orasida kitobxonlikni yanada kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida 28 may kuni Samarqand shahrida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida o’tkazilayotgan Respublika “Kitob bayrami”da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Axborot-resurs markazi hamda jamoasi faol ishtirok etishdi.